«pavel durov» tegli maqolalar


Telegram monetizatsiya joriy etilganidan beri ilk bor daromadga kirdi
23 dekabr 2024, 18:01

Telegram monetizatsiya joriy etilganidan beri ilk bor daromadga kirdi

Uch yillik monetizatsiya tarixida ilk marta Telegram daromadga chiqdi, deb xabar berdi uning asoschisi Pavel Durov. 2024-yilda Telegram Premium obunachilari soni 12 milliondan oshdi. Kompaniya “kriptoaktivlarni hisobga olmaganda, 500 mln dollardan ortiq naqd pul zaxiralari bilan yilni yakunlamoqda”.

Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng ilk bor bayonot berib, ayblovlarni rad etdi
6 sentabr 2024, 11:58

Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng ilk bor bayonot berib, ayblovlarni rad etdi

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng birinchi marta bayonot berdi. Uning fikricha, agar mamlakat internet xizmatidan norozi bo‘lsa, uning rahbarini ta’qib qilmasdan, kompaniyani sudga berishi kerak. Shu bilan birga, Durov suiiste’molliklarga qarshi kurashishga va’da berdi.

Pavel Durov Telegram’dagi moliyaviy va kiberjinoyatlar bo‘yicha harakatsizlikda ayblanmoqda — Reuters
26 avgust 2024, 21:44

Pavel Durov Telegram’dagi moliyaviy va kiberjinoyatlar bo‘yicha harakatsizlikda ayblanmoqda — Reuters

Telegram asoschisi Pavel Durov Telegram’da sodir etilgan moliyaviy va kiberjinoyatlar bo‘yicha harakatsizlikda ayblanmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Durovning Parijda hibsga olinishi sud tergovi doirasida sodir bo‘lganini va “hech qanday siyosiy qaror emasligini” aytdi.

Telegram Pavel Durovga qo‘yilgan ayblovlarni absurd deb atadi
26 avgust 2024, 09:24

Telegram Pavel Durovga qo‘yilgan ayblovlarni absurd deb atadi

Telegram Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berarkan, ushbu platformadagi suiiste’molliklar uchun platforma yoki uning egasi javobgar ekani haqidagi da’volarni absurd deb atadi.

Pavel Durov Parij aeroportida qo‘lga olindi. Nimalar ma’lum?
25 avgust 2024, 05:49

Pavel Durov Parij aeroportida qo‘lga olindi. Nimalar ma’lum?

Telegram asoschisi Pavel Durov Parijdagi aeroportda hibsga olindi. Fransuz OAV u Telegram`da yetarlicha moderatsiya yo‘qligi ortidan kelib chiqqan giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlikda ayblanayotgani haqida yozmoqda.

“O‘zbekistonda Telegram`ni sevishadi”. Pavel Durov yana Toshkentga kelishga va’da berdi
30 iyun 2024, 13:46

“O‘zbekistonda Telegram`ni sevishadi”. Pavel Durov yana Toshkentga kelishga va’da berdi

Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga qilgan safari taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U mamlakatda aholining 70 foizdan ortig‘i va deyarli barcha korxonalar foydalanadigan platformaning mashhurligidan faxrlanishini ta’kidladi.

Pavel Durov yozda Markaziy Osiyoga kelishni rejalashtirmoqda
10 iyun 2024, 20:55

Pavel Durov yozda Markaziy Osiyoga kelishni rejalashtirmoqda

Telegram asoschisi Pavel Durov yozda Markaziy Osiyoga kelishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, sayohatdan maqsad — odamlar Telegram`dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlari qanday ekanini o‘rganish.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 noyabr 2021, 21:05

Jahon yangiliklari dayjesti

Pavel Durovning Fransiya fuqaroligini olgani, turk lirasi o‘zining tarixiy minimum rekordini qayd etgani, Qirg‘izistonning Rossiya harbiy-dengiz flotiga 5,4 mln dollarlik texnika yetkazib berishi, Bolgariyada avtobus halokati natijasida 46 kishining qurbon bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

“Biz sizni uyaltirib qo‘ymaymiz”. Pavel Durov Telegram foydalanuvchilari soni 70 mln ga ko‘paygani haqida
6 oktabr 2021, 13:09

“Biz sizni uyaltirib qo‘ymaymiz”. Pavel Durov Telegram foydalanuvchilari soni 70 mln ga ko‘paygani haqida

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bir kunning o‘zida messenjerning foydalanuvchilari soni 70 mln ga ko‘payganini ma’lum qildi. U Shimoliy va Janubiy Amerikadagi foydalanuvchilar ommaviy ravishda Telegram`ga o‘ta boshlashganini ta’kidladi. “Boshqalar sizga pand berayotgan bir vaqtda biz sizni uyaltirib qo‘ymaymiz”, — deydi Durov.

Telegram 30 mlrd dollarga baholandi
15 yanvar 2021, 21:37

Telegram 30 mlrd dollarga baholandi

Kompaniya ulushini sotib olmoqchi bo‘lgan investorlar Telegram’ni 30 mlrd dollarga baholashdi, ammo bu taklifni Pavel Durov rad etdi. 2015 yilda messenjer asoschisi Telegram’ni 3−4 mlrd dollarga baholagan edi.

2021 yildan boshlab Telegram tijoratlashtiriladi — Pavel Durov
23 dekabr 2020, 14:53

2021 yildan boshlab Telegram tijoratlashtiriladi — Pavel Durov

Telegram’da faol foydalanuvchilar soni 500 millionga yaqinlashmoqda. Foydalanuvchilar soni bilan birga kompaniya harajatlari ham oshayotgani sabab, Pavel Durov 2021 yildan boshlab Telegram’ni tijoratlashtirishini ma’lum qildi.

Pavel Durov iPhone 12 Pro ni tanqid qildi
20 noyabr 2020, 16:55

Pavel Durov iPhone 12 Pro ni tanqid qildi

Pavel Durov yangi iPhone 12 Pro smartfonini noqulay deb atadi. Shuningdek, Telegram asoschisi Apple haqida fikr bildirib, kompaniya «haligacha Stiv Jobs tomonidan yaratilgan texnologiyalar va obro‘-e’tibor evaziga» kun ko‘rishini ta’kidladi.

Fornite asoschisi Apple va Google ni sudga berdi
17 avgust 2020, 17:49

Fornite asoschisi Apple va Google ni sudga berdi

Ommabop o‘yinlardan bo‘lgan Fortnite App Store va Google Play da blokirovka qilingach, Epic Games kompaniyasi kompaniyalarni sudga berdi. Pavel Durov va Mark Sukerberg Apple ning 30 foizlik komissiyasini tanqid qilib chiqishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting